Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida ijrochilik mahorati yuqori baholangan badiiy jamoalar, havaskor ijrochilardan 200 ga yaqini viloyat bosqichida qatnashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ishtirokchilarning xalq qo‘shiqlari, lapar va o‘lanlari, zamonaviy ashulalar ko‘ngillarga ko‘klamning o‘ziga xos tuyg‘ularini olib kirdi. Tanlov nizomiga ko‘ra, ularning ijrochilik mahorati to‘rt yo‘nalish — folklor, estrada, o‘lan va lapar ijrochiligi bo‘yicha baholandi.
Zomin tumani madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Zomin sayqali” folklor-etnografik xalq ansambli birinchi, Jizzax shahar madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Rayhon”, Zarbdor tumani madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Oypari” folklor-etnografik xalq ansambllari ikkinchi, Forish tumani madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Bog‘don gullari”, G‘allaorol tumani madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Gashta” folklor-etnografik xalq ansambllari uchinchi o‘rinni egalladi.
Tanlovda “Navro‘z haqidagi eng yaxshi qo‘shiq”, “Eng yaxshi estrada ijrochiligi”, “Hududga xos eng yaxshi lapar ijrochiligi”, “Eng yaxshi baxshi”, “Ayollarni madh etuvchi eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.
Izoh (0)