Germaniya adliya vaziri Katarina Barlyay Facebook kompaniyasining Yevropa bo‘linmasi rahbariyati bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Muqaddam Cambridge Analytica kompaniyasi tomonidan Facebook foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlarining ishlatilishi bilan bog‘liq janjal kelib chiqqan edi. Germaniya tomonining fikriga ko‘ra, bu voqea demokratiya uchun jiddiy tahdid tug‘diradi. Aynan shu tufayli Germaniya vakillari Facebook rahbariyati bilan uchrashib, masalani oydinlashtirmoqchi.
Katarina Barlyayning ta’kidlashicha, Facebook’ning Yevropa bo‘linmasi uning qaltis savollariga javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)