Osiyoning eng boy odamlaridan biri Binod Chaudxari Tojikiston tez orada iqtisodiyoti va aholisi farovonligi darajasini ahamiyatli tarzda ko‘tara olishiga ishonchi komil. Bu haqda nepallik multimilliarder 20-mart kuni Dushanbedagi norasmiy uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “SNG.fm”.
O‘zining uch kunlik safarini u davlat tuzilmalari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan muloqotga bag‘ishladi.
Binod Chaudxari, aynan hozir Tojikistonda rivojlanish uchun avval bo‘lmagan sharoitlar paydo bo‘lganini, bu qisman, qo‘shni davlatlar bilan ba’zi muammoli masalalarning hal etilgani bilan bog‘liq ekanini aytdi. U iqtisodiyotga jiddiy investitsiyalarni jalb etishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar qatorida sayyohlik sektorini tilga oldi.
Izoh (0)