Berlin politsiyasi Germaniya kansleri Angela Merkelga hujum qilishga uringan erkakni ushladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Voqea Bundestagga kirish oldida ro‘y berdi.
Merkel parlamentdan chiqib, mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer huzuriga borish uchun mashina tomon yo‘l olgan edi. Bir erkak ayolning yoniga yugurib keldi, ammo politsiya tomonidan to‘xtatib qolindi.
Aytilishicha, erkak notanish tilda qichqirgan.
Ayni paytda erkak ushlangan, uning xatti-harakati sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)