Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Li Myon Bak 14-mart, chorshanba kuni Seul markaziy prokuraturasidagi so‘roq jarayoniga keldi. Bu haqda YTN telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Siyosatchi uni kutib turgan jurnalistlar bilan gaplashmasdan, tezda binoga kirdi. Janubiy Koreyaning sobiq yetakchisi u hukumatni boshqargan 2009—2013-yillarda sodir etilgan bir qator qonunbuzilishlar va korrupsiya ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida ko‘rsatma berishi lozim.
Sobiq prezident tug‘ishgan akasiga tegishli avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi DAS kompaniyasi bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro surishtiruvi markazida bo‘lmoqda. Tergovchilar kompaniyaning haqiqiy egasi Li Myon Bak bo‘lib, u kompaniyadan korrupsion yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mablag‘larni yuvish uchun foydalanganligini taxmin qilmoqda.
Prokuratura Li Myon Bak, shuningdek, Milliy razvedka xizmati maxfiy fondlarining hisobotga kiritilmaydigan mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritib, o‘zlashtirgan deb hisoblamoqda.
Izoh (0)