Givenchy modalar uyi asoschisi, fransiyalik modelyer Yuber de Jivanshi 91 yoshini nishonlagandan 17 kun o‘tib, 10-mart kuni uyqusida, jilmaygan holda vafot etdi, deb yozadi “MK.ru”.
Graf Yuber Jeyms Marsel Taffen de Jivanshi ishda ham, shaxsiy hayotda ham hech qachon olijanoblik chegarasidan chiqmagan. U o‘zining 90 yoshligida “ko‘plab baxtli yillarni boshdan kechirgan”ligini ma’lum qilgan edi.
Jivanshi 1927-yilning 21-fevralida dunyoga kelgan. Uni Odri Xepbern, Jaklin Kennedi, keyinroq Jeki Onassis ilhomlantirgan.
Bugun uning izdoshlari ko‘zga tashlanmaydigan hasham, shaxsiy kamtarlik, nazokatlilik va ketish mahorati kabi xislatlar u bilan birga jahon modasini tark etganligini ta’kidlaydi.
Izoh (0)