“Osvensim hisobchisi” sifatida mashhur bo‘lgan Oskar Gryoning 96 yoshida Germaniyada vafot etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Spiegel nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Gryoning 9-mart, juma kuni kasalxonada olamdan ko‘z yumgan. O‘lim sabablariga aniqlik kiritilmayapti.
Gryoning 2015-yilda Osvensim konslagerida 300 ming kishi o‘ldirilishiga aloqadorlikda aybdor deb topilib, 4 yil qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq apellyatsiyalar tufayli biror kun ham qamoqda o‘tirmagan.
U konslager qurbonlaridan pul va qimmatbaho buyumlarni yig‘ib olish bilan shug‘ullangani tufayli, “Osvensim hisobchisi” laqabini olgan.
Izoh (0)