13-mart kuni Toshkent shahriga Dehli shahri jome masjidining bosh imomi, Hindistondagi Naqshbandiya tariqatining namoyandalaridan biri Said Ahmad Buxoriy rahbarligidagi diniy delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif chog‘ida islom qadamjolarini ziyorat qilish, mamlakatning tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishish, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Toshkent islom universiteti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.
Izoh (0)