Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe aprelda AQShga tashrif buyurib, prezident Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazadi, deb yozadi “TASS”.
“Prezident Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdik. Aprelda men AQShga tashrif bilan boraman, u yerda prezident bilan Shimoliy Koreya muammosini muhokama qilishni istardim”, — dedi u.
Yaponiya hukumati rahbari “yadrosizlanishga tayyorligini namoyish qilgan” KXDRning gaplaridagi o‘zgarishlarni baholadi. “Bu xalqaro hamjamiyat Pxenyanga o‘tkazgan bosim natijasi bo‘ldi”, — dedi Abe.
Yaponiya bosh vaziri KXDR yadrosizlanish bo‘yicha muayyan choralarni ko‘rmagunicha, Pxenyanga maksimal bosimni saqlab qolish zarurligini aytdi. “Bu borada Yaponiya va AQSh pozitsiyalarida o‘zgarishlar yo‘q, va bu pozitsiyada biz prezident bilan bir yoqadan bosh chiqardik”, — dedi Abe.
Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya delegatsiyasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampga yaqin vaqtlar ichida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Tramp ushbu uchrashuvni shu yilning mayigacha o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
Izoh (0)