Bag‘dod sudi IShID terrorchilari yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning singlisi (yoki opasi)ni o‘lim jazosiga mahkum etdi, deb yozadi Meduza Fox News’ga tayanib. Sud vakili uning ism-sharifini e’lon qilmagan.
Ayni paytda “RIA Novosti” mahalliy OAVlarga tayanib, hukm Abu Bakr al-Bag’dodiy emas, IShIDning avvalgi yetakchisi — Abu Umar al-Bag‘dodiyning singlisiga nisbatan chiqarilganini ma’lum qilmoqda, u 2010-yildayoq o‘ldirilgan edi.
IShID yetakchisining singlisi jangarilar otryadlarini logistika borasida qo‘llab-quvvatlaganlikda, shuningdek, Mosuldagi terrorchilar o‘rtasida pul taqsimlaganlikda aybdor deb topildi. Mosul 2014-yildan buyon uch yil davomida IShID nazorati ostida bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)