Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 2-tur bellashuvlari start oldi va uning doirasidagi 2 ta uchrashuvga yakun yasaldi.
Bugun Superligada 2-tur start oladi. Navbat Toshkent derbisiga: “Bunyodkor” — “Paxtakor”
Ilk turni Bekobodda o‘tkazib, 0:0 hisobida durang o‘ynagan Namanganning “Navbahor” klubi, bu safar Olmaliqdan g‘alaba bilan qaytdi — 2:1. Viktor Kumikov boshchilik qilayotgan AGMK klubi ham 1-turni safarda o‘tkazib, “Bunyodkor” bilan murosaga rozi bo‘lgandi.Vodiyning boshqa bir jamoasi “Qo‘qon-1912” esa Navoiydan g‘alaba bilan qaytdi. “Qizilqum”ga qarshi o‘yinda qo‘qonlik futbolchilar 2 ta javobsiz gol urishning uddasidan chiqa oldi. Ular bir tur avval Buxoroda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, navoiylik futbolchilar mamlakat chempioni “Lokomotiv”dan 3 ta javobsiz gol qabul qilib olgandi.
Mazkur bellashuvni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi. U 57-daqiqaga kelib navoiyliklar a’zosi Mirjalol Qosimovga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi. Shuningdek, mezbonlar darvozasiga penalti tayin qildi.
O‘zbekiston Superligasi 2-tur bellashuvlari 8-mart, payshanba
AGMK — “Navbahor” 1:2
Gollar: Azizbek Turg‘unboyev, 50 (0:1). Zafar Polvonov, 82 (1:1). Dilshod Jabborov, 92+ (1:2).“Qizilqum” — “Qo‘qon-1912” 0:2
Gollar: Murod Xolmuhammedov, 78-pen (0:1). Suhrob Berdiyev, 87 (0:2).Chetlatish: Mirjalol Qosimov, 57 (mezbon).9-mart, juma“Nasaf” — “Buxoro” 18:00“Lokomotiv” — “Metallurg” 20:00
10-mart, shanba“Bunyodkor” — “Paxtakor” 17:30“So‘g‘diyona” — “Neftchi” 20:00
Izoh (0)