5-mart, dushanba kuni Novosibirsk sudida prokuratura 19 nafar ayolni o‘ldirgan sobiq militsioner Yevgeniy Chuplinskiyni umrbod ozodlikdan mahrum etishni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
28-fevral kuni hakamlar sudi uni jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi.
“Bugun davlat avblovchisi viloyat sudiga Yevgeniy Chuplinskiyni RF JK 105-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topishni taklif qildi. Ayblov suddan unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llash va uni alohida rejimli axloq tuzatish koloniyasida o‘talishini so‘radi”, — deya xabar beradi Novosibirsk viloyati prokuraturasi matbuot xizmati.
Chuplinskiyga nisbatan hukm 6-mart, yakshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)