KXDR va AQSh o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda 5-mart kuni Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva Seuldagi konferensiyada ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar zarur. Bundan tashqari, Janubiy Koreya va AQSh parallel ravishda Shimoliy Koreya bilan o‘zaro to‘ldiruvchi muloqot olib borishi zarur”, — deya ta’kidladi TIV rahbari.
“Yadroviy qurolsizlantirishga yo‘l ochish uchun diplomatik harakatlarni davom ettiramiz”, — deya ta’kidladi Kan Gyon Xva. Vazir AQSh Janubiy Koreyaning eng yaqin ittifoqchisi ekanligi va Seul mazkur masalani hal etish uchun Vashington, hamda mintaqadagi boshqa hamkorlar bilan konsultatsiyalarni davom ettirishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)