Koreya Respublikasi prezidentining maxsus elchisi boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi samolyoti 5-mart, dushanba kuni Seuldan Pxenyanga jo‘nab ketdi, deb yozadi “TASS”.
O‘n kishilik delegatsiyaga Koreya Respublikasi prezidenti huzuridagi milliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Chon Iy Yon rahbarlik qilgan. Delegatsiya tarkibiga, shuningdek, Milliy razvedka xizmati direktori So Xun, birlashuv vaziri o‘rinbosari Chxon Xe Son kirdi. Ular KXDRda ikki kun bo‘ladi.
Pxenyanga tashrif chog‘ida delegatsiya KXDR rahbariyati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, Koreya yarim orolida tinchlikni mustahkamlash va Koreyalararo aloqalarni rivojlantirishni muhokama qiladi.
KXDRga yetib borgach, delegatsiya shimoliy koreyalik hamkasblari bilan tantanali tushlikda qatnashishni rejalashtirmoqda. Unda Kim Chen In qatnashishiga umid qilishmoqda. Agar shunday uchrashuv amalga oshsa, maxsus elchi unga Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning xatini topshiradi.
Delegatsiya vataniga qaytgach, Pxenyanga tashrif natijalari bilan tanishtirish uchun AQShga borishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)