To‘qqiz yoshli pokistonlik Selena Xavaja Shimshal vodiysidagi balandligi dengiz sathidan 5 765 metrga yetuvchi Kuz Sar tog‘ cho‘qqisini zabt etgan eng yosh alpinist bo‘ldi. Bu haqda 3-mart kuni Geo TV telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Selena Xavaja Pokiston shimolidagi baland tog‘ga otasi Yusaf Xavaja va yana bir nechta alpinist hamrohligida chiqdi. Cho‘qqiga chiqish o‘n kundan ortiq vaqt oldi.
Pokiston alpinistlar hamjamiyatidan Tog‘ malikasi laqabini olgan yosh sportchi qiz yaqin kelajak uchun rejalar tuzmoqda. U yil oxiriga qadar yana uchta cho‘qqi, shu jumladan, balandligi 8 051 metrga yetuvchi Broud-Pikni zabt etish niyatida.
Bundan tashqari, u Everest cho‘qqisini zabt etgan eng yosh alpinist bo‘lishga umid qilmoqda.
Izoh (0)