AQSh prezidenti Donald Tramp, Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel Putinning Federal majlisga murojaatida aytib o‘tilgan yadro quroli to‘g‘risidagi bayonotini muhokama qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tramp Fransiya va Germaniya yetakchilari bilan alohida muzokaralar o‘tkazdi.
“Davlat rahbarlari Vladimir Putinning yadro qurolini ishlab chiqishga talluqli bayonotidan jiddiy tashvish bildirdi. Uning aytganlari Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi keng ko‘lamdagi masalalarning samarali muhokama qilishdan chalg‘itishi ta’kidlandi”, — deyiladi Oq uy ma’muriyati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Federal majlisga murojaati chog‘ida ikki yangi jangovar raketani namoyish etgandi.
Izoh (0)