Amerikalik matematik 1823-yildan 2003-yilgacha davlatlararo sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarga oid ma’lumotlarni tahlil qilib, keyingi jahon urushi qachon boshlanishini bashorat qildi. Bu haqda Science Advances jurnaliga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: Depositphotos

Kolorado universiteti xodimi, matematik Aaron Klauzet urush va tinchlik davrlari vaqti-vaqti bilan o‘zaro almashib turadi degan xulosaga keldi.

“Urushning tarixiy modeli shuni ko‘rsatadiki, yaqindagina davlatlararo urushlarning ehtimolligini kamaytirish uchun kuchaytirilgan mexanizmlarga qaramay, tinchlikning uzoq vaqt davom etishi uni ancha noziklashtirib qo‘yadi. Modellarga ko‘ra, urush sodir bo‘lganidan keyin kamida 100—140 yil tinchlik hukmronlik qilishi kerak, shunda statistik jihatdan ahamiyatli tendensiya bo‘ladi”, — deya tushuntiradi Klauzet.

Matematikning so‘zlariga ko‘ra, navbatda yirik qurolli to‘qnashuv 2150-yilga qadar sodir bo‘ladi.