AQShning Kubadagi elchixonasi xodimlarining shikoyatlariga sabab bo‘lgan sirli “ultratovushli qurol” amalda mavjud emas. Bu shunchaki zararsiz eshitish qurilmalari ishinng qo‘shimcha mahsuli bo‘lgan. Bu haqda AQSh va Xitoy olimlari ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Ultratovushlar haqiqatan ham elchixona xodimlarining eshitish qobiliyatiga va miyasiga zarar yetkazgan bo‘lsa ham, uning manbasi “ultratovushli qurol” emas, balki ultratovush signallarining noqulay kesishuvi va yoqimsiz tovushlarning qo‘shilishi oqibatida yuzaga kelgan ta’sir bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, hech kim diplomatlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishni maqsad qilmagan.
Izoh (0)