Britaniya sudi 25 yoshli maktab o‘qituvchisi Umar Xeykni mamlakatda terrorchilik harakatini amalga oshirish maqsadida bolalarni terrorchilikka jalb qilganlikda aybdor deb topdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘qituvchi IShID terrorchilik tashkilotining a’zosi hisoblanadi. U 100 nafardan ortiq bolalar bilan aloqada bo‘lib, ularga ekstemistik videoroliklarni ko‘rsatgan, ularga terrorchilik mafkurasini singdirishga uringan.
Bundan tashqari, Umar Xeyk rasmiy pedagogik malakaga ega bo‘lmaganligi ham ta’kidlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.