AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Matbuot xizmatiga ko‘ra, “Ukraina atrofidagi vaziyat AQSh milliy xavfsizligi va xalqaro siyosatiga favqulodda tahdid tug‘dirishda davom etayotgani sababli 2014-yilda qabul qilingan va Rossiyaga nisbatan cheklovlarni ko‘zda tutuvchi prezident farmoni yana bir yilga uzaytiriladi”.
Oq uy mazkur qaror haqida AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Pol Rayanni xabardor qildi.
Izoh (0)