• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Savol-javob: Loukoster nima va undan O‘zbekistonga nima foyda?

    2018-yilning yanvarida O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatga kam budjetli aviakompaniyalarni jalb etishni nazarda tutuvchi qaror qabul qilindi. 28-fevral kuni esa “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Umid Husanov 2018-yil oxirigacha “milliy loukosterni tashkil etish bo‘yicha ishlar” yakuniga yetishini ma’lum qildi.

    Foto: Spot

    Foto: Spot

    Spot nashri loukoster nima ekani va ulardan O‘zbekiston qanday foyda ko‘rishini kartochkalar vositasida tushuntirdi.

    Loukosterlar nima?

    Kam byudjetli aviakompaniya (loukoster, diskaunter) — ekspluatatsiya xarajatlari past bo‘lgan aviakompaniya. Oddiy qilib aytganda, bir qator omillar hisobiga chiptalarni past bahoda sotishga qurbi yetadigan aviatashuvchi.

    Loukosterlarning chiptalari arzon bo‘lishi rostmi?

    Rost. Loukosterlar odatda yo‘lovchi klassi bitta, sig‘imi uncha katta bo‘lmagan samolyotlardan foydalanadi, qo‘nalg‘a sifatida chekka aeroportlarni tanlaydi, bortda maksimal darajada pullik xizmatlar (ovqatlanish, joy tanlash va boshqalar)ni taklif etadi, chiptalarni faqat va faqat o‘z sayti orqali sotadi (agentlar va vositachilarga komissiyalar to‘lamaydi), katta aviakompaniyalarni qiziqtirmaydigan nisbatan kichik shaharlarga uchadi (va buning evaziga mahalliy ma’muriyatdan dotatsiya ham oladi).

    Bundan tashqari, loukosterlar aeroportlarga imkon qadar kamroq pul to‘lash uchun “eng arzon” parvoz vaqtini tanlaydi (reyslar odatda yo erta tongda, yoki yarim tunda uchadi), hech qanday qo‘nishlarsiz “A punktdan B punktga” tamoyili asosida parvoz qiladi, bir samolyot bir kunda bir necha reysni amalga oshiradi, aviakompaniya xodimlari bir necha turli vazifalarni bir vaqtning o‘zida bajaradi (bir xodimning o‘zi ham samolyotni tozalashi, ham yo‘lovchilarni ro‘yxatga olishi hamda bortda ularga xizmat ko‘rsatishi mumkin).

    Shu yo‘l bilan chipta narxini arzon qilish mumkin.

    Chiptalar qanchalik arzon?

    Odatdagidan ikki-uch barobar arzon. Masalan, “Aviasales.ru” servisi ma’lumotlariga ko‘ra, 5-mart kuni “Moskva—Milan” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qiladigan Utair aviakompaniyasining reysiga chipta 9 155 rubl (1 336 630 so‘m), “Pobeda” loukosteri esa atigi 4 364 rubl (637 144 so‘m) evaziga shu kunning o‘zida shu manzilga yetkazib qo‘yadi.

    Loukosterlar bor ekan, boshqa aviakompaniyalarda uchishga na hojat?

    Loukosterlar — noqulay. Ularni, masalan, “marshrutkalar”ga qiyoslash mumkin — qulayliklar minimum darajada, biroq kerakli manzilga tez va oson yetib olish mumkin. Loukosterlar kamdan-kam hollarda uzoq masofalarga parvoz qiladi; ular shahardan uzoqroq joylashgan aeroportlarga uchadi (masalan, Wizz Air loukosterining Parij reyslari aslida Parijdan 70 kilometr masofadagi Bove aeroportiga qo‘nadi).

    Markaziy Osiyoda ham loukosterlar bormi?

    Bor. Masalan, Qirg‘izistonning Air Manas aviakompaniyasi. Uning 49 foiz aksiyasi Turkiyaning Pegasus Airlines loukosteriga tegishli, qolgan 51 foizi xususiy shaxslar qo‘lida. Qozog‘istonga esa Vengriyaning Wizz Air va BAAning Flydubai loukosterlari uchadi.

    Loukosterlarning O‘zbekistonda paydo bo‘lishi bilan nima o‘zgaradi?

    Ayni vaqtda ham O‘zbekistonga bitta loukoster — nomi yuqorida zikr etilgan Air Manas uchmoqda. Biroq hozir gap, birinchi galda, o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari safar qiladigan mamlakatlarga uchadigan aviakompaniyalar haqida bormoqda. Yanvardagi hukumat qarori, jumladan, 55 o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobusning Aqto‘beda yonib ketishi kabi holatlar oldini olishga qaratilgan. Shu bois, Rossiya yo‘nalishida arzon aviabiletlar paydo bo‘lishini kutish mumkin. Buni qaysidir ma’noda “O‘zbekiston havo yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari ham tasdiqladi — masalan, Toshkentdan Moskvaga uchadigan reys chiptasi taxminan 100 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

    Unda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning reyslarida kim uchadi?

    Ta’kidlanganidek, loukosterlar kamdan-kam hollarda yirik aviakompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashadi. Odatda, ularning o‘z yo‘rig‘i va o‘z auditoriyasi bo‘ladi. Yevropada loukosterlar son-sanoqsizligiga qaramay, yirik aviakompaniyalar hech narsa bo‘lmagandek — avval qanday ishlagan bo‘lsa, shunday ishlashda davom etmoqda.

    28.02.2018, 18:25   Izoh (0)   39286
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    FVV: 1—2-mart kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi mavjud

    28.02.2018, 18:14

    “O‘zqurilishmateriallari” rahbari: O‘zbekiston avvalgi yillarda eksport qilgan sementning asosiy qismi ichki bozorda valyutaga sotilgan (video)

    28.02.2018, 18:01

    O‘zbekistonning yirik shaharlarida 100 tadan, boshqa shaharlarida 20 tadan mehmonxonalar quriladi (video)

    28.02.2018, 17:25

    Toshkent—Baliqchi –Toshkent yo‘lovchi poyezdiga chiptalar sotuvi boshlandi

    28.02.2018, 17:14

    Yoshlar markazi mehribonlik uylarida ko‘chma to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘ydi  

    28.02.2018, 17:04

    “Mahalliylashtirish dasturlari — ko‘zbo‘yamachilik”. Prezident — bir yilda import qilingan atir sovun va shokolad miqdori haqida (video)

    28.02.2018, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.