O‘zbekistonlik pianinochi Jasmin Abdunazarova Qozog‘istonning Pavlodar shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlov gran-prisini qo‘lga kiritdi, deb yozadi UZ24. S.Raxmaninovning 145 yilligiga bag‘ishlangan tanlovda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Gruziya va Rossiyadan 70 nafar iste’dodli pianinochilar qatnashdi.
Tanlovning tantanali yopilish marosimi 24-fevral kuni bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro tanlov g‘olibi nomi bilan birga pran-prini Jasmin Abduazarovadan tashqari, qozog‘istonlik yana uch ishtirokchi qo‘lga kiritdi.
Hakamlar hay’ati o‘zbekistonlik yana bir musiqachi — Shohjahon Isroiljonovning iste’dodini alohida qayd etib, uni ushbu xalqaro tanlov diplomi bilan taqdirladi.
Izoh (0)