O‘zbekiston badiiy akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyida tashkil etilgan navbatdagi ko‘rgazma “Zamondosh portreti” deb nomlandi, deb yozadi O‘zA.
Unda badiiy ijodkorlar uyushmasi fotorassomlar sho‘basi a’zolari Vladimir Jirnov, Vladimir Sokolov, Vladimir Shlosbergning ijodiy ishlari namoyish etilmoqda.
“Ko‘rgazmadagi portretlar bir-birini takrorlamaydi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Masalan, Vladimir Sokolov ijodida erkinlik ustunlik qiladi. Vladimir Jirnov portretlari konsepsiyasida jadal kechayotgan makon va zamon chegaralarida insonlarning bir-biridan uzoqlashib, begonalashib borayotgani yetakchi o‘rinni egallaydi. Vladimir Shlosberg portretlarida esa insonlarning ichki dunyosini ochib berish maromiga yetkazilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)