O‘tgan hafta Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo oilasi bilan Hindistonga tashrif buyurdi. Kanada siyosatchisining rasmiy tashrifi sakkiz kun davom etdi va to‘liq barbod bo‘lishiga bir bahya qoldi, deb yozadi Meduza.
Tryudo dastlab hind madaniyatiga takabburona munosabatda, so‘ngra separatist-sikxlar bilan aloqalarda ayblandi.
Bosh vazir 17-fevral kuni oilasi bilan Hindistonga yetib keldi. Samolyot trapida turgan siyosatchining barcha oila a’zolari qo‘llarini an’anaviy salomlashish holatiga keltirdi, keyinroq an’anaviy hind liboslarida suratga tushdi. OAV bunday liboslar rasmiy tashrif uchun emas, Bollivud filmlari uchun ko‘proq mos kelishini ta’kidladi. Tanqidchilar Tryudoni hind madaniyatiga takabburona munosabatda aybladi.
Mumbayda Tryudo va uning oilasini separatist-sikxlar, jumladan, Jaspala Atvala davrasida payqashdi. Hindiston hukumati Atvalani terrorchi deb hisoblaydi.
Shundan so‘ng butun dunyo OAVlari Hindiston hukumati Kanada bosh vaziri bilan uchrashuvdan o‘zini olib qochayotganligini ma’lum qildi. Haqiqatan ham Tryudo va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining uchrashuvi uning tashrifi oxirgi kuni, 23-fevralda bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)