AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning harbiy havo kuchlari 25-fevral kuni Dayr az-Zor yaqinidagi ikkita aholi yashash punkti Ash-Shaaf va Zaxrat-Alvaniga aviazarba berdi, deb xabar beradi “TASS”.
Qayd etilishicha, mazkur hujum oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab insonlar yaralandi. Yaralanganlar orasida ayollar va yosh bolalar bor.
22-fevral kuni AQSh aviatsiyasi va uning sheriklari Suriya sharqida joylashgan Xajin shahriga hujum uyushtirdi. O‘shanda 12 nafar suriyalik halok bo‘lgan edi.
Suriya hukumati bir necha marta BMT xavfsizlik kengashiga murojaat qilib, tinch aholi vakillarining o‘limiga sabab bo‘layotgan koalitsiyaning agressiv harakatlarini taqiqlashni talab qilgan.
Izoh (0)