Koreya yarimorolining denuklearizatsiyasi (yadro qurolidan holi hudud) KXDR bilan amalga oshiriladigan dialogning natijasiga aylanishi kerak. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
“AQSh, Janubiy Koreya va xalqaro hamjamiyati Koreya yarimorolining denuklearizatsiyasi Shimoliy Koreya bilan amalga oshiriladigan har qanday dialogning natijasi bo‘lishi kerakligiga rozi bo‘ldi. KXDRga nisbatan bosim o‘tkazish kompaniyasi u yadroviy quroldan voz kechmaguniga qadar davom etishi lozim”, — deydi Sanders.
“Prezident Donald Tramp ma’muriyati Koreya yarimorolini mutlaq yadroviy quroldan holi hududga aylantirish tarafdori. Tramp aytganidek, Shimoliy Koreya denuklearizatsiyani tanlasa, uning oldida yorqin yo‘l paydo bo‘ladi. Yadroviy dasturlarni ishlab chiqarish — oxiri berk ko‘cha ekanligini dunyoning boshqa mamlakatlari ham bilib olishi kerak”, — deya qo‘shimcha qiladi Oq uy matbuot kotibi.
Janubiy Koreya prezidentining rasmiy vakili Kim Iy Gyomning ma’lum qilishicha, KXDR delegatsiyasi a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, Pxenyan “Shimoliy Koreya va AQSh munosabatlari Pxenyan hamda Seul munosabatlari kabi parallel ravishda rivojlanishiga” rozi bo‘lgan.
Izoh (0)