2018-yilning aprel oyida Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Mintaqaviy aksilterrorchilik strukturasi Kengashining 32-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Uz24.
ShHT Mintaqaviy aksilterrorchilik strukturasi Kengashi bo‘lajak yig‘ilishining kun tartibi masalalari Nyu-Delida muhokama qilindi.
Muhokama ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari huquqiy ekspertlari guruhining navbatdagi majlisida o‘tkazildi.
Majlis 2018-yilning 31-yanvaridan 2-fevraliga qadar Nyu-Delida (Hindiston Respublikasi) Qirg‘iziston Respublikasi raisligida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)