O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi delegatsiyasi 19-fevraldan 21-fevralga qadar Rossiyada bo‘ldi, deb xabar qiladi UzDaily.
Mazkur tashrif O‘zbekiston Moliya vazirligi va Rossiya Federal g‘aznachiligi o‘rtasida tuzilgan texnik hamkorlik memorandumi va 2018-yil bo‘yicha hamkorlik rejasi doirasida amalga oshirildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federal g‘aznachiligining rasmiy vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar Rossiya g‘aznachiligida ichki nazorat, audit va davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish va amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.
Rossiya tomoni Federal g‘aznachiligi tarkibida ichki nazorat va auditni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyati haqida taqdimot o‘tkazdi.
Izoh (0)