Qozog‘iston BMT tinchlikparvarlik operatsiyalaridan biriga 170 harbiy xizmatchini yo‘naltirishga tayyor, deb yozadi Kazakhstan Today.
BMT huzuridagi Qozog‘iston missiyasidagi mudofaa vazirligi vakili Erulan Akilbayevning ma’lum qilishicha, Qozog‘iston 170 kishidan iborat kontingentni tayyorlagan. U istalgan lahzada BMT tinchlikparvarlik operatsiyalaridan biriga jo‘nashga tayyor. Uning tarkibida ayollar ham bor.
Yerulan Akilbayev BMT tinchlikparvarlik operatsiyalarida Qozog‘iston harbiy xizmatchilarining ishtirokini kengaytirish rejalari haqida ma’lum qildi.
Izoh (0)