Toshkentda ilk bor Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration tadbiri o‘tkaziladi. Unga poytaxtdagi Inha universiteti mezbonlik qiladi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Women Techmakers brendi Google kompaniyasiga tegishli bo‘lib, yuqori texnologiyalar sohasidagi xotin-qizlar uchun global dastur hisoblanadi. U innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va mazkur tarmoqqa ayollarni jalb etishga ko‘maklashish uchun resurslar yo‘naltiradi.
Google Developer Groups (GDG) Tashkent guruhi Inha universiteti va BMTning ma’muriy islohotlar va raqamli o‘zgarishlar bo‘yicha dasturi va Super Dispatch kompaniyasi ko‘magida ushbu tadbirni o‘tkazadi.
Tadbir ikki qismdan iborat bo‘ladi. Kunning birinchi yarmida ishtirokchilar axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib boradigan xotin-qizlar faoliyati bilan tanishtiriladi. Ular IT-loyihalar ustida ishlash bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Xorij kompaniyalarining bu boradagi yutuqlari bo‘yicha fikr almashiladi.Ikkinchi qismda seminarlar, mahorat maktablari o‘tkazilib, turli axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqish va loyihalarni boshqarish bo‘yicha bilimlar beriladi.
Tadbirda 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin. Tadbir o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Izoh (0)