Falastin davlati prezidenti Mahmud Abbos AQSh shifoxonasidagi tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonini yakunladi va tibbiyot muassasasini tark etdi. Bu haqda 22-fevral kuni Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
U Falastinga 23-fevral, juma kuni qaytadi. Agentlikning ma’lum qilishicha, Abbos umumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, uning ahvoli mo‘tadil. U Amerikaning Baltimor shahridan (Merilend shtati) Ramallaga parvoz qiladi.
Avvalroq agentlik 82 yoshli Abbos AQShdan Venesuelaga parvoz qilishi kerakligini ma’lum qilgan edi. Uning mazkur mamlakatga tashrifi 21-fevraldan boshlanishi rejalashtirilgan edi.
Izoh (0)