Qo‘shma Shtatlar Moskva va Damashqni Sharqiy Guta aholisiga hujumlarda aybladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning yozma bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Asad rejimining Sharqiy Gutadagi suriyaliklarga hujumlarini keskin qoralaydi. Halok bo‘lganlar va yaralanganlarning oilalariga hamdardlik bildiramiz hamda xalqaro hamjamiyatni bu daxshatli hujumlarni qoralashga chaqiramiz”, — deyiladi hujjatda.
Sanders, shuningdek, Rossiya va uning sheriklarini deeskalatsiya zonalari, ayniqsa Sharqiy Guta bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga va Suriya fuqarolariga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Izoh (0)