Saudiya Arabistoni tomonidan boshqariluvchi koalitsiya harbiy-havo kuchlarining Yamandagi aviazarbasi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Yana bir necha kishining yaralangani aytilmoqda. Aynan necha kishi jabrlangani haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
Aviazarba mamlakat shimolidagi Saada provinsiyasida amalga oshirilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi va yo‘lovchi tashiyotgan ikki avtomobilga qarata o‘t ochilgan.
Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, portlashlar Saada provinsiyasini mamlakat poytaxti bilan bog‘lovchi asosiy yo‘lga ham zarar yetkazgan.
Koalitsiya vakillari esa tinch aholiga qarata o‘t ochilmaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)