AQShning Yaponiyadagi bazasida joylashgan F-16 qiruvchi samolyotining dvigateli havoda yona boshladi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib, Kyodo agentligi xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Harbiy boshqarmaning ma’lum qilishicha, qiruvchi samolyot Aomori prefekturasidagi Misava bazasidan parvoz qilgan. Samolyotning dvigateli yona boshlagandan so‘ng u ikki yoqilg‘i bakini Ogavara ko‘liga tashlab, bazaga qaytgan.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Baliqchilarning guvohlik berishicha, baklar kemalardan 400 metr masofaga qulagan va 15 metr balandlikkagacha bo‘lgan suv minorasini ko‘targan.
Vazir Itsunori Onodera Amerika tomonidan hodisa yuzasidan tushuntirish talab qilishga so‘z berdi.
Izoh (0)