Namangan viloyati birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida viloyatning Kosonsoy tumanida o‘z vazifasiga yuzaki yondashib, aholi ehtiyojlarini his qilmay ishlayotgan tibbiyot xodimlari borligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
Shu munosabat bilan,
- Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B.Xoldorov va
- boshliq o‘rinbosari R.Abdullayev,
- tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri M.Karimova
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarining samaradorligi uchun ma’suliyatni oshirishga doir qo‘shmcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada amalga oshirmagani, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarining samaradorligi uchun ma’suliyatni oshirishga qaratilgan topshiriqlar ijrosini tizimli tashkil etmagani va patronaj tadbirlariga talab darajasida e’tibor qaratmagani uchun
- Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimi M.Toshmatov va
- tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mas’ul xodimi A.Abdullayev
Izoh (0)