20-fevral kuni Dog‘istonning Kizlyar shahridagi ibodatxona yaqinida uyushtirilgan otishma oqibatida qurbon bo‘lganlarni dafn etish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda shahar meri Aleksandr Shuvalov ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
18-fevral, yakshanba kuni Kizlyarda jinoyatchining kishilarga qarata o‘t ochishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi. U qochishga uringanda politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IShID guruhi Dog‘istondagi otishma uchun javobgarlikni bo‘yniga olganligi xabar qilingan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)