“O‘zbekneftegaz” kompaniyasi va Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi 15-fevraldan o‘z yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-95 benzini narxini o‘zgartirdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“O‘zbekneftegaz” shoxobchalarida Ai-95 narxi 6500 so‘mdan 7200 so‘mga oshdi. Jizzakh Petroleum esa narxni 8500 so‘mdan 8000 so‘mgacha pasaytirdi.
Benzinning boshqa markalariga narxlar avvalgicha qoldi.
Jizzakh Petroleum narx pasayishini xarajatlar saqlanib qolgani holda import qilinayotgan yoqilg‘i hajmi ko‘paygani bilan izohladi.
“O‘zneftmahsulot” kompaniyasi esa hukumat qaroriga muvofiq Ai-92 dan yuqori benzin markalari bahosi tijoriy asosda belgilanishini, hozirda narxlar ko‘tarilgani va mahsulot tannarxi qimmatlaganini ma’lum qildi.
Izoh (0)