O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga 100 million dollar ajratish haqidagi hukumatlararo kelishuv imzolanadi. Bu haqda Asia-plus xabar bermoqda.
Ajratilayotgan mablag‘ imtiyozli kredit sifatida Tojikistondagi banklardan birining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
“Mablag‘ kichik foizlar evaziga faqat O‘zbekiston davlat va xususiy korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq biznes-rejaga ega bo‘lgan tojik tabirkorlariga beriladi”, — dedi agentlikning Tojikiston hukumatidagi manbasi.
Izoh (0)