KXDR atrofidagi vaziyat, IShID guruhiga qarshi kurash va Eronning harakatlari AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning Kuvaytga tashrifi davomida 13-fevral, seshanba kuni o‘tkazgan uchrashuvlarining asosiy mavzulari bo‘ldi. Bu haqda Amerika Davlat departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Jumladan, Amerika diplomatiyasi rahbari Yevropa Ittifoqining xavfsizlik siyosati va xorijiy masalalari bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini bilan uchrashdi. Ular Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirish zarurati, Suriyadagi mojaro yakunlanishi uchun Jeneva jarayonini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqining Eronga qarshilik qilishdagi hamkorligi kabi masalalarni muhokama qildi.
Tillerson Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juli Bishop bilan suhbati davomida ham shu kabi mavzularni muhokama qildi.
U, shuningdek, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr va BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish bilan uchrashuv o‘tkazdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)