Pekin politsiyasi oy taqvimi bo‘yicha yaqinlashayotgan Yangi yil munosabati bilan jamoat joylarda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bu haqda 14-fevral, chorshanba kuni “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Jamoat xavfsizligi organlarining 900 mingga yaqin xodimi Pekin ko‘chalarini patrul qilmoqda”, — ta’kidlaydi agentlik. Savdo markazlari, metro, bozorlar, vokzallar va avtobus stansiyalari hududlarida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari joriy etilgan.
Kuchaytirilgan xavfsizlik choralari bayram kunlari davomida amal qiladi.
Izoh (0)