Avvalroq Space X kompaniyasi tomonidan Kanaveral burnidan uchirilgan Falcon Heavy raketasining markaziy tezlatkichi qo‘na olmasdan, parchalanib ketdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Parvozning to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyasi chog‘ida markaziy tezlatkich blok bilan aloqa yo‘qolib qoldi.
Xabarlarga ko‘ra, qo‘nishda tezlatkichni tormozlashi kerak bo‘lgan uchta dvigatelning ikkitasi ishlamay qolgan. Shu tufayli u 480 km/soat tezlikda suvga uchib kirgan.
Ammo Falcon Heavy’ning qolgan ikkita tezlatkichi muvaffaqiyatli tarzda va bir vaqtda Yerga qo‘ndi, ular oldin ham foydalanilgan edi.
Izoh (0)