Daniya qirolichasi Margrete II ning turmush o‘rtog‘i 83 yoshli shahzoda Xenrik 13-fevral, seshanba kuni vafot etdi, deb yozadi “TASS” qirollik saroyi matbuot xizmatiga tayanib.
“Qirollik Oliy hazratlari shahzoda Xenrik 13-fevral, seshanba kuni 23:18 da Fredensborg saroyida uyqusida vafot etdi. Shahzodaning yonida Qirolicha Oliy hazratlari va ikki o‘g‘li bor edi”, — deyiladi xabarda.
Shahzoda Xenrik ikki hafta avval Misrda dam olayotgan vaqtda o‘zini yomon his qilgan. Uni mahalliy shifokorlar ko‘zdan kechirgach, u Daniyaga yetkazilgan va 28-yanvardan buyon Kopengagendagi Qirollik kasalxonasida yotgan. Tibbiy ko‘rik uning o‘pkasida shish borligini aniqlagan, ammo u bezarar bo‘lib chiqqan. Mazasi qochishiga o‘pka infeksiyasi sabab bo‘lgani ma’lum qilingan.
13-fevral kuni shahzoda o‘z ixtiyoriga binoan kasalxonadan chiqarilib, Daniya qirollik oilasining Fredensborgdagi qarorgohiga olib borilgan
Izoh (0)