Seulda Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan sport sohasida faoliyat olib borayotgan vazirlar ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Pxyonchxan qishki Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etgan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Seuldagi konferensiyaga tashrif buyurdi, deb yozdi tashkilot matbuot xizmati. “Jamiyatda sport qadriyatlarini rivojlantirish” mavzusida o‘tgan konferensiyada dopinglarsiz toza raqobat, g‘irromliklarga chek qo‘yish kabi mavzularda fikr almashilgan.
Janubiy Koreya madaniyat, spor va turizm vaziri Do Jong Van konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan. Yig‘ilish so‘ngida vazir MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashgan. Shuningdek, O‘zbekiston vakili Butunjahon antidoping agentligi — WADA prezidenti Krey Ridi bilan o‘zaro fikr almashgan.
Suhbat davomida Kreyg Ridi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror WADA tomonidan katta quvonch bilan qarshi olinganini aytgan. Shundan kelib chiqib, Kreyg Ridi Umid Ahmadjonovning O‘zbekistonga taklifini bajonudil qabul qildi.
Izoh (0)