Amerikaning Marshfild shahri (Kanzasdan 240 kilometrga yaqin masofada) yaqinidagi 44-raqamli shosseda jiddiy avariya yuz berdi. Oqibatda 60 dan ortiq avtomobilga zarar yetdi va 20 ga yaqin mashina yuzaga kelgan tirbandlikda qolib ketdi. YTH hodisasi oqibatlarini Konuey ko‘ngilli o‘t o‘chirish jamoasi ishtirokchilari dron yordamida tasvirga oldi, deb yozadi “Motor”.
Time’ning xabar berishicha, yo‘l-transport hodisasiga ob-havo sharoitlari sabab bo‘lgan. Politsiyachilarning so‘zlariga qaraganda, havo haroratining o‘zgarib turishi tufayli qor tez erigan va yana muzlab, yo‘llarni muz qoplagan. Ustidan yoqqan qor esa vaziyatni yanada murakkablashtirgan.
Bu Kanzas, Missuri va Ayova trassalarida yo‘l-transport hodisalarini yuzaga keltirgan. Ayova shtatida ham jiddiy avariya yuz bergan. Unda 70 dan ortiq avtomobil shikastlangan.
Jami 650 ga yaqin avariya qayd etilib, ular oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Izoh (0)