Suriyaning Afrin tumanidagi operatsiyada sutka davomida halok bo‘lgan turk harbiy xizmatchilari soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda 10-fevral, shanba kuni Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“10-fevral kuni ‘Zaytun novdasi’ operatsiyasi chog‘ida yana 4 nafar jangovar do‘stimiz halok bo‘ldi, 2 kishi yaralandi. Kurd tuzilmalari va IShIDning 13 a’zosi yo‘q qilindi”, — deyiladi bosh shtab xabarida.
Bundan oldin bosh shtab Afrinda 7 nafar turk harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani, jumladan, 2 nafar harbiy Suriya bilan chegarada vertolyot qulashida halok bo‘lgani bildirilgandi.
Shu tariqa Afrinda operatsiya boshlanganidan beri halok bo‘lgan turk harbiylari soni 30 kishiga yetdi, 70 dan ortig‘i yaralandi.
Izoh (0)