Estoniya va Rossiya 10-fevral, shanba kuni Koydula chegara punktida josusligi uchun hukm qilingan fuqarolarini ayirboshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Estoniyada josuslik uchun jazoni o‘tayotgan Rossiya fuqarosi Artyom Zinchenko Rossiyada shu modda bo‘yicha qamalgan estoniyalik tadbirkor Rayvo Susiga almashtirildi.
Rossiyalik 2017-yil may oyida shpionajda aybdor deb topilgan va 5 yil qamoq jazosiga hukm etilgandi. Estoniyalikka ham o‘tgan yil dekabrida shu ayblov bilan 12 yil qamoq jazosi berilgandi.
Almashuvdan oldin ularning ikkisi ham afv etish haqida iltimosnoma taqdim etgan, Rossiya va Estoniya prezidentlari buni qondirgandi.
Izoh (0)