Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov kriptovalyuta rivojlanishini kuzatish maqsadida bitkoin sotib olishga qaror qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Biroq u bitkoinga investitsiya kiritish tavakkal ish ekanligi hamda kriptovalyuta sohasida firibgarlik holatlari urchigani tufayli katta daromadni yo‘qotish xavfi borligini ham ta’kidlab o‘tdi.
Qodirovning fikricha, kriptovalyuta qonunchilik nazoratiga olinishi kerak, biroq taqiqlanmasligi zarur.
“Asosiysi, fuqarolarni moliyaviy piramida va boshqa firibgarlik tuzilmalaridan himoya qilish”, — deydi u.
Izoh (0)