Rossiya LDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti talabalari bilan uchrashuvda u 18-mart kuni prezidentlikka saylansa “sayyora hukmdori” bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Jirinovskiy Rossiyaning bo‘lajak prezidenti sobiq SSSRning barcha chegaralari va beshta mamlakat: Turkiya, Iroq, Afg‘oniston, Suriya va Eronni nazorati ostiga olishi lozimligini ma’lum qildi.
“KXDR bilan nima qilamiz? Men birlashtirish kerak deyman. Istashmasa — majburan”, — dedi nomzod. Shuningdek, Vladimir Jirinovskiy u 2012-yilda prezident bo‘lganda butun Ukraina federal okruglar sifatida Rossiya tarkibiga kirgan bo‘lishini ma’lum qildi.
Izoh (0)