Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inni keyinroq KXDRga tashrif buyurishga taklif qilishi mumkin, deb yozadi “TASS”. Bu haqda CNN telekompaniyasi KXDRning rejalaridan xabardor bo‘lgan diplomatik manbasiga tayanib ma’lum qildi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon Mun Chje Inni “shu yil qaysidir payt” Pxenyanga borishga taklif qilishining “yaxshigina ehtimoli” bor. Bu prezidentning Pxyonchxandagi Olimpiya o‘yinlaridagi KXDR delegatsiyasi vakillari bilan 10-fevral, shanba kuniga rejalashtirilgan uchrashuvi chog‘ida yuz berishi mumkin.
Mun Chje Inning KXDRga potensial tashrifi 15-avgust — Koreyaning 1945-yilda yapon mustamlakachiligidan ozod bo‘lishi sharafiga nishonlanadigan bayramda amalga oshishi mumkin. Bu kun KXDRda ham, Janubiy Koreyada ham nishonlanadi.
Izoh (0)