2018-yil 1-apreldan aholiga sotiladigan 1 atm suyultirilgan gaz narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatlarida 700 so‘m, qolgan hududlarda 500 so‘m etib belgilanadi, deb yozadi O‘zA.
“2018-yil 1-avgustdan esa Respublikamizning barcha hududlarida suyultirilgan gaz aholiga 1 kilogramm uchun 800 so‘mdan yetkazib beriladi”, – deydi “O‘ztransgaz” AJ boshqarma boshlig‘i Akmal Eshonqulov.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 1 kilogramm suyultirilgan gaz narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, vodiy viloyatlarida 644,7 so‘m, Toshkent viloyatida 606 so‘m, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 450 so‘m, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 372 so‘m, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 327,6 so‘m etib belgilangan.
Izoh (0)